09:16 / 12.05.2016
4174

Polsha TIV rahbari o‘zidan avvalgi hamkasblarini Rossiya bilan munosabatlari uchun tanqid qildi

Polsha tashqi ishlar mahkamasi rahbari Vitold Vashchikovskiy o‘zidan avvalgi hamkasblarining Rossiyaga nisbatan yurgizgan siyosati yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda «Radio Polsha».

«O‘tgan 8 yilgi siyosatni baholar ekanmiz, juda ko‘p xatolar sodir etilganini qayd eta olaman. Masalan, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan. Rossiyadagi ichki vaziyat yetarlicha tahlil qilinmadi. Uning rivojlanishiga oid bashoratlar esa umuman xato bo‘lgan. Bugungi kunda ixtiyorimizda Rossiya bilan aloqalar Smolensk fojiasigacha (Smolensk osmonida bortida Polsha prezidenti bo‘lgan samolyoti halokatga uchragan) va undan keyin qanday olib borilganini namoyon etuvchi hujjatlar mavjud», — deb bayonot bergan tashqi ishlar vaziri. 

Vashchikovskiyning qayd etishicha, Polsha TIV avvallari obro‘ qozontiruvchi masalalarga ko‘proq e'tibor qaratgan. 

«TIV NATOdagi ittifoqchilari yoki YeIdagi hamkorlari bilan murakkab mavzularni muhokama qilishdan chetlanish maqsadida, polyak manfaatlarini himoya qilish o‘rniga, obro‘ keltiruvchi ishlar bilan shug‘ullangan xolos». 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkasblari «yonberishlar va hatto vassallikka ham rozi bo‘lgan holda, qanday bo‘lmasin kelishuvga erishishga urinishgan».

Top