16:35 / 12.05.2016
12036

Topinambur o‘simligini Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

11 may kuni Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz»da boshlangan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida qariyb 650ta yangi loyiha taqdim etilmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari yarmarkada topinambur yetishtirish va uning konsentratidan kukun tayyorlash texnologiyasini namoyish etgan.

Universitetning biologiya kafedrasi dotsenti Mahmuda Nazarovaning so‘zlariga ko‘ra, topinambur ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Shu bois bu o‘simlikni Qoraqalpog‘iston  sharoitida yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Undan tayyorlanadigan kukun yurak qon-tomir kasalliklaridan aziyat chekayotgan, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun foydali hisoblanadi.

Yarmarkada bu mahsulotni sanoat asosida ishlab chiqarish uchun hamkor topish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, topinambur (yoki ildizmevali kungaboqar) o‘simligining vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, u yerda o‘simlikning yovvoyi turlari ko‘p uchraydi. O‘simlikni, shuningdek, “yer noki” deb ham atashadi.

Top