11:34 / 12.05.2016
6987

To‘qqiz yashar qizcha AQSh harbiy-dengiz kuchlari imtihonidan o‘tdi

AQShda to‘qqiz yashar maktab o‘quvchisi mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining jismoniy imtihonidan o‘tdi. Uning natijalari, floridalik ushbu qizning sog‘lom ekanligini ko‘rsatib berdi.

24 soatli testni (BFX24) istalgan kishi topshirishi mumkin. New York Post bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Milla yigirma soat ichida 58 km. masofani bosib o‘tgan, 8 km.ga suzgan, 25 to‘siqdan oshib o‘tgan va arqonda osilgan. Uning dam olishiga faqatgina to‘rt soat ajratildi. 

Qizchaning jurnalistlarga bergan intervyusida keltirilishicha, uning sport bilan shug‘ullanishiga, maktabdagi tengdoshlarining uning ustidan kulishlari sabab bo‘lgan. U bu harakati bilan o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatib bergan.

Top