11:42 / 13.05.2016
7796

13 may: tarix sahnasida...

13 may—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 133-kuni.

Voqealar:
2003 yil. Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
1993 yil. Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1995 yil. Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. 
1501 yil. Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.
1895 yil. Chili  futbol federatsiyasi tashkil topdi.
1927yil. Kiyevda «Dinamo Kiyev» futbol klubi tuzildi.
1950 yil. Angliyaning Silverstoun shahrida birinchi “Formula-1” avtopoygasi bo‘lib o‘tdi. Unda italiyalik Djuzeppe Farina (Giuseppe Farina)g‘olib bo‘ldi.
1991 yil. “Apple”  korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi. 

Tavalludlar:


1882 yil—fransuz rassomi, kubizmning yirik vakili Jorj Brak (Georges Braque),
1893 yil—amerikalik psixolog-olim Genri Myurrey (Henry Alexander Murray),
1986 yil—norvegiyalik qo‘shiqchi, Yevrovideniyaning 2009 yilgi mutloq g‘olibi Aleksandr Rybak

Top