10:11 / 13.05.2016
6082

AQSh energetika vazirligi neft narxi 252 dollargacha oshishi mumkinligini prognoz qildi

AQSh energetika vazirligi 2040 yilgacha asosiy energetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha  prognozni chop etdi. Prognoz vazirlik saytida joylashtirildi.  

Neft narxlari bo‘yicha "Juda yuqori narxlar" deb atalgan prognoz ssenariysida AQSh energetika vazirligi mutaxassislari neft narxining 2040 yilda 252 dollargacha oshishi mumkinligini aytishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, buning uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga kirmaydigan davlatlarning yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha yillik o‘sishi 4,5 foizni tashkil qilishi kerak, bu esa energiya tashuvchilarga butun dunyoda talabning oshishiga turtki beradi. Bunda energiya tashuvchilar narxining keskin oshishi iste'molchilarni energiyaning an'anaviy manbalariga muqobil manbalarni izlashga majbur qiladi.   

Bu ssenariyda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotida neftga talabning o‘sishi neft narxining 141 dollargacha o‘sishini ko‘zda tutuvchi realistik ssenariy bilan birdek bo‘ladi. Bunda OPeKning bozordagi ulushi kamayib boradi va  2040 yilga kelib 34 foizni tashkil qiladi. Bu kartelga kirmaydigan davlatlarda neft qazib olish hajmining oshishi oqibatida yuz beradi.

AQSh energetika vazirligining realistik ssenariysida neft narxining o‘sishi taxmin qilindi: ijobiy prognozda neft narxi 141 dollarni, salbiy prognozda 75 dollarni tashkil qiladi.

Top