10:08 / 13.05.2016
3313

AQSh prezidenti samolyoti joylashgan aviabaza terakt xavfi tufayli yopib qo‘yildi

Xavfsizlik kuchlari AQSh prezidentining «harbiy havo kuchlari №1 borti» joylashgan birlashgan dengiz aviabazasi portlash xavfi bilan qilingan tahdid tufayli vaqtinchalik muddatga yopib qo‘ydi. Bu haqda aviabaza tvitterida xabar qoldirilgan.

«Bugun taxminan soat 17:15 (Toshkent vaqti bilan 02:15, juma) bazaning nazorat hududiga bir ayol kelib tanasida portlovchi modda borligi bilan tahdid qildi. Zudlik bilan mazkur voqealar bo‘yicha mas'ullar yetib kelishdi va ayolni qo‘lga olishdi. Portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar o‘tkazgan tekshiruvdan keyin ayolning tanasida bomba yo‘qligini aniqlashgan», — deyiladi xabarda. 

Aniqlanishicha, bazada ham kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilgan.

Top