12:10 / 13.05.2016
8247

AQShda semizlikka qarshi kurash faoli bo‘lgan 360 kilogrammli kishi olamdan o‘tdi

AQShning Missuri shtatida 360 kilogramm vaznga ega bo‘lgan Larri Evans 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda Metro nashri xabar qilgan. 

Ortiqcha vaznga qarshi onlayn-kurashchilardan bo‘lgan Larri Evans ikki yil ichida 70 kilogramm ozishga qilgan qarori sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida mashhur bo‘lgan. U o‘zining muvaffaqiyatlari, shug‘ullanish rejalari va diyetasi bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi do‘stlari, kuzatuvchilari bilan muntazam bo‘lishib kelgan. Uning mashg‘ulot videolari 30 mingdan ortiq marta tomosha qilinardi. 

Ancha to‘ladan kelgan bu shaxsning murabbiyi Kris Bufning aytishicha, u butun dunyo bo‘ylab semizlikka qarshi kurashmoqchi bo‘lgan va bu kurashni avvalo o‘zidan boshlagan. 

Murabbiy Larrining Facebook-sahifasiga yuklagan so‘nggi mashg‘uloti foydalanuvchilar tomonidan 27,8 marotaba ko‘rilgan.

Evansning o‘lim sababi oshkor etilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, u pnevmoniya bilan og‘rigan.

 

 

Top