14:01 / 13.05.2016
7408

Apple dunyodagi eng qimmatbaho kompaniya nomidan mahrum bo‘ldi

Apple 2016 yilda ikkinchi marta dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi nomini Alphabet (Google'ning egasi) xoldingiga boy berdi. Bunga Apple'ning asosiy hamkorlaridan kompaniyaga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar sabab bo‘ldi. Bu haqda Market Watch nashri ma'lum qildi

Alphabet Inc. xoldingi 12 mayda Amerika fond bozorlarining ochilishida Apple korporatsiyasini kapitalizatsiya bo‘yicha quvib o‘tdi.  Savdoning ochilishida ikkala kompaniyaning kotirovkasi kamaygan, biroq iPhone ishlab chiqaruvchisining bozor narxi shiddatliroq pasayib ketdi: 12 may 18:45 holatiga ko‘ra, Google qog‘ozlarining bahosi 0,6 foizga, Apple'niki esa 2,5 foizga tushib ketgan. Bu paytda Google kapitalizatsiyasi 495,9 milliard dollarni, Apple kapitalizatsiyasi esa 492,6 milliardni tashkil qildi. 

Savdo ochilishida Apple aksiyalari donasi 3,1 foizdan 89,5 foizga tushib ketdi, bu oxirgi ikki yildagi minimal ko‘rsatkich, deyiladi manbada. Dunyodagi eng yirik iPhone yig‘uvchisi bo‘lgan Tayvandagi Foxconn Technology kompaniyasining daromad va foydasi tushishi investorlar umidsizligiga sabab bo‘lmoqda.

Foxconn'ning 2016 yil birinchi choragidagi sof daromadi 847 million dollargacha tushib, 9,2 foizga qisqardi. Bu investorlarning dunyo miqyosida iPhone sotuvi pasayib ketishi bilan bog‘liq xavotiriga sabab bo‘ldi.

Top