21:01 / 13.05.2016
7459

Devid Getta Yevro-2016 uchun tayyorlangan rasmiy qo‘shiqni taqdim qildi

Fransiyalik didjyey Devid Getta futbol bo‘yicha Yevropa chempionati uchun tayyorlangan rasmiy qo‘shiqni namoyish qildi.

Trek prevyusini musiqachi YouTube portalidagi akkauntiga joylashtirgan. 

This One's For You nomli qo‘shiq Warner Music Russia kompaniyasi tomonidan 13 may kuni shvetsiyalik qo‘shiqchi Zara Larsson hamda millionlab muxlislar ovozi ishtirokida yozilgan. 

Bir necha oy davomida istagan kishi o‘z ovozini didjyeyga yozib qoldirgan, Gettaning aytishicha, qo‘shiq tayyorlanishida milliondan oshiq fragmentdan foydalanilgan.

Yevro-2016 turniri 10 iyundan 10 iyulgacha Fransiya shaharlarida o‘tkaziladi.

Top