Asaka avtomobil korxonasida işlab çiqarilayotgan har tomonlama qulay, turli rusumli yengil avtomaşinalarga talab taklifga nisbatan ortib borayotgani tufayli tölovlarni amalga oşirgan fuqarolarga avtoulovlar navbat bilan, şartnomada közda tutilgan muyyan muddatlarga yetkazib berilmoqda. Bu esa yengil daromad ilinjida bölgan ayrim nopok şaxslarga qöl kelmoqda. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Şundaylardan biri Ravşan Iskandarov bölib, u oliy ma'lumotli, 5 nafar farzandning otasi. Asaka şahridagi “GM-Uzbekistan” YoAJda ta'minot tizimi direktor örinbosari vazifasida işlagan R.Iskandarov muqaddam tört marta sudlangan tanişi Zaynobiddin Nizomov bilan jinoiy til biriktirib, 2012 yil avgust oyidan 2014 yil avgust oyiga qadar 68 nafar fuqaroni aldaş orqali ularning işonçiga kirib, “GM-Uzbekistan” YoAJda işlab çiqarilgan turli xil rusumdagi avtomaşinalarni ma'lum vaqtlarda olib berişni va'da qilişadi. Şu tariqa Ravşan ulardan qariyb 667 ming AQŞ dollari va 65 mln 121 ming söm oladi. Pullarning 51 ming AQŞ dollarini ukasiga, 415 ming AQŞ dollarini kasalxona qurilişi uçun beradi. Qolgan pullarni esa öz ehtiyoji uçun sarflab yuboradi.
Jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudi tomonidan R.Iskandarov va Z.Nizomovga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.












