11:21 / 13.05.2016
3521

XXR banklarining muddatidan o‘tgan kreditlari hajmi 2016 yilning 1-choragida 213 mlrd dollargacha o‘sdi

2016 yilning birinchi choragi yakuniga kelib Xitoy tijorat banklarining muddatidan o‘tgan kreditlari hajmi 9,23 foizga o‘sdi va 1,39 trillion yuanni (213 milliard dollar) tashkil qildi.

XXR bank faoliyatini boshqarish komissiyasining ma'ruzasida bildirilishicha, Xitoy tijorat banklaridagi qarzlarning umumiy ko‘rsatkichi joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, 2015 yil 1,67 foizdan 1,75 foizgacha o‘sdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.

"Umuman xavf darajasi nazorat bosqichida qolmoqda", - dedi Lianxun Securities investitsiya kompaniyasi tahlilchisi Fu Lichun.

U bunday o‘sishning asosiy sababi Xitoy iqtisodiyotining qayta isloh etilish jarayonida deb hisoblaydi. Agar qarz o‘sishi muammosi hal qilinmasa, deydi Fu Lichun, u holda Xitoy iqtisodiyoti kredit xavfiga duchor bo‘ladi. 

Ma'ruzada shuningdek, muddatdan kechikishning sabablaridan biri sifatida Xitoy iqtisodiyoti o‘sish tempining sekinlashuvi ko‘rsatildi. 

Bugungi kunda Xitoyda milliy iqtisodiyot o‘sish tempi sekinlashib bormoqda. 2010 yilda YaIM o‘sish tempi 10,4 foiz, 2011 yilda - 9,2 foiz, 2012 yilda esa - 7,8 foizni tashkil qiladi. 2013 yil yakunlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 7,7 foizga, 2014 yilda esa 7,4 foizga sekinlashdi. 2015 yilda YaIM o‘sishi rasmiy ma'lumotlarga asosan 7 foizga tushdi.

Top