19:00 / 13.05.2016
5696

OPeK davlatlari neft qazib olish hajmini kuniga 32,44 barrelga yetkazdi

OPeK aprel oyida mart oyi bilan taqqoslaganda neft qazib olish hajmini kuniga 188 ming barrelga oshirdi va bu miqdor kuniga 32,44 million barrelni tashkil etdi. Bu haqda tashkilotning may oyi hisobotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi

Shunday qilib, OPeK o‘zining kuniga 30 million barrelni tashkil etuvchi qazib olish kvotasi ko‘rsatkichini oshirdi.

“Neft qazib olish asosan Eron va Iroqda ko‘paydi, Kuvayt hamda Nigeriyada esa kamaydi”, - deyiladi hisobotda. 

Tashkilot ekspertlari prognoziga ko‘ra, OPeK neftiga bo‘lgan talab 2016 yilda kuniga 1,8 million barrelga oshadi va kuniga 31,5 million barrelgacha yetadi. 2015 yilda OPeK neftiga bo‘lgan talab, tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, kuniga 29,7 millionni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top