Bugun, 13 may kuni Toshkent aeroportidan Transport instituti tomon ketish yo‘li – Qumariq ko‘chasida "KamAZ", "Damas" hamda "Matiz" rusumidagi avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv ro‘y bergan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘i “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qilindi.
Halokat natijasida bir kishi halok bo‘lgan. Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, qurbon – "Matiz" haydovchisi.
Guruh foydalanuvchilari barchani hushyorlikka da'vat etgan.