17:46 / 14.05.2016
10253

GM Uzbekistan joriy yilning 4 oyida RFda 6,1 mingta mashina sotgan

GM Uzbekistan AJ 2016 yil yanvar-aprel oylarida Rossiyada 6,1 ming dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz kam demakdir, deb xabar qilgan Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobilsozlar qo‘mitasi. 

2016 yil aprelida kompaniya dilerlari 1571ta mashina sotgan, bu esa 2015 yil aprel oyiga qaraganda 5 foiz kam demakdir. 

Umuman, GM Uzbekistanning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi hisobot davri mobaynida 1,4 foizni tashkil etgan. Bu borada o‘tgan yilgi ko‘rsatkich o‘zgarmagan. 

2016 yil dastlabki 4 oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 17 o‘rinni egallagan. 

Gentra modeli yanvar-aprel oyi yakunlariga muvofiq, eng yaxshi sotilgan mashinalar ro‘yxatida 25 o‘rinni egallagan. Aprel oyida bir pog‘onaga ko‘tarilgan. GM Uzbekistan 4 oy mobaynida ayni modeldan 4386 dona sotishga erishgan, aprel oyining o‘zida 1078 ta sota olgan.

Top