19:53 / 14.05.2016
4235

Xitoyda avtobuslar ishtirokida yuz bergan ikkita avtohalokatda 11 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning turli qismlarida 14 may kunduzi ikkita jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTHlarda umumiy hisobda 11 kishi halok bo‘ldi, yana 70 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi (CCTV).

YTHlardan biri mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da Xenan viloyatining Sin uyezdida yuz berdi. Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab ketayotgan avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi. YTH tergov qilinmoqda.

Ikkinchi YTH mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15 larda Chuntsin va Nanchuan shaharlari orasidagi yo‘lda yuz bergan. Bu avtohalokatda bir nechta avtomobil va avtobus to‘qnashib ketgan. Oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan, yana 26 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar, 7 kishi esa og‘ir jarohatlar olgan.

14 mayda avvalroq Xitoyning Xubey viloyatida avtobus ishtirokida yana bitta YTH yuz bergani ma'lum qilingandi. Ichida 51 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketishi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan va 24 kishi jarohat olgandi.

Top