11:59 / 14.05.2016
5957

Microsoft kompaniyasi kayfiyatga ta'sir qiluvchi «aqlli» ko‘ylak ishlab chiqdi

Microsoft kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan g‘ayrioddiy “aqqli” ko‘ylak insonning  yurak urishi va harakatlanishi,  his-tuyg‘ularini  aniqlab, ijobiy ta'sir ko‘rasatadi. 

Taqiladigan qurilma 

Qurilma sensori yurak tezligi, teri harorati, tana harakatining jadalligi va insonga xos bo‘lgan boshqa his-tuyg‘ular, shuningdek, asab tizimining holatini aniqlay oladi. Bundan tashqari, qurilma ma'lumotlarni ishlab chiquvchi imkoniyati unchalik katta bo‘lmagan kompyuter va akkumulyator vazifasini ham o‘taydi. 

Ko‘ylak nimalarga qodir? 

Ko‘ylak insonni tinchlantirishi yoki aksincha jahlini chiqarishi mumkin. Maxsus elementlar esa kishining qon bosimini bir maromda saqlab turish, kiyim ostida tana haroratini pasaytirish yoki ko‘tarish, qolaversa, tebranish (vibratsiya), musiqa ijro etish xususiyatlariga ega. 

 “Aqlli” ko‘ylakni kiygan kishi o‘zini ruhan va jismonan baquvvat his qiladi. Hozircha, bunday ko‘ylaklar, birinchi navbatda, rivojlanish imkoniyati cheklangan va keksalar uchun taqdim etilishi mo‘ljallanmoqda.

Top