22:47 / 14.05.2016
6278

Vengriya terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempionatlaridagi 77 yildagi ilk g‘alabasiga erishdi

Vengriya terma jamoasi xokkeychilari Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburgida bo‘lib o‘tayotgan 2016 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichida Belarus jamoasini 5:2 hisobida shov-shuvli yutdilar. Vengriya 1939 yildan beri jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasiga erishdi.  

V guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Vengriya safida shaybalarni Gergo Nad (6-daq.), Yanosh Vash (11-, 60-daq.), Balaj Shebok (31-daq.) va Vilmosh Gallo (34-daq.), belaruslarda Jyeff Plett (13-daq.) va Artur Gavrus (27-daq.) kiritdilar.

Vengrlar jahon chempionatlaridagi oxirgi g‘alabasiga 1939 yil 3 fevralda Belgiyaga qarshi uchrashuvda erishgandi. O‘shanda vengrlar belgiyaliklarni 8:1 hisobida tor-mor etgandilar. Shundan keyin Vengriya 2009 yildagina jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etgandi va barcha o‘yinlarni yutqazgandi.  

Vengrlar keyingi uchrashuvlarini 16 mayda Germaniyaga qarshi o‘tkazadilar, belaruslar esa 17 mayda Fransiya xokkeychilari bilan uchrashadilar. 

Chempionat 6-22 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top