14:06 / 14.05.2016
5505

Jyeyms Makevoy ajrashayotgani haqida e'lon qildi

Express nashrining yozishicha, aktyor Jyeyms Makevoy turmush o‘rtog‘i Enn-Mari Daff bilan birga ajralayotganlari haqida ma'lum qilishgan.

«Biz xafalik bilan ajrashishga qaror qildik. Biz, do‘stona aloqalarimiz, o‘zaro muhabbat tuyg‘usi va hurmatni, o‘g‘limizga nisbatan majburiyat hissini saqlab qolgan holda munosabatlarimizning yangi bosqichiga chiqmoqdamiz», — deb xabar qilgan juftlik. 

Shu bilan birga, Makevoy va Daff ularning shaxsiy hayoti va o‘g‘illarining hayotiga hurmat bilan yondoshishlarini iltimos qilishgan.

Top