19:11 / 15.05.2016
4750

Internetda Xemilton va Rosbergning Ispaniya Gran-prisida to‘qnashishi videosi paydo bo‘ldi

"Formula-1" poygasining "Mersedes" jamoasi poygachilari Niko Rosberg va Lyuis Xemilton Ispaniya Gran-prisida to‘qnashib ketganlaridan keyin poygadagi kurashdan chiqib ketdilar.

Rosberg burilishlardan birida oldinga chiqib oldi va navbatdagi burilishni bajarayotganda orqada kelayotgan Xemiltonning yo‘lini biroz to‘sgan. Shundan keyin amaldagi jahon chempioni Xemilton yo‘l chetidagi o‘tga chiqishga majbur bo‘lgan va uning bolidi aylanib ketib, Rosbergning mashinasiga tegib ketgan. Oqibatda ikkala bolid ham yo‘ldan chiqib ketgan.

Poyga nazoratchilari voqeani taftish qilishlarini aytishgan.

Top