10:04 / 15.05.2016
3623

«Napoli» Italiya chempionatining kumush medallariga ega chiqdi

Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 14 may kuni oxirgi tur doirasida 4ta uchrashuv o‘tkazildi.

Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan Turinning «Yuventus» klubi «Sampdoriya»ga qarshi uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi - 5:0.

Kumush medallar uchun kurash olib borgan «Roma» va «Napoli» klublari ham 38-turda zafar quchdi. Rimning «Roma» klubi «Milan» maydonidan zafar quchib qaytdi, shunga qaramasdan neapolliklarni quvib o‘ta olmadi va bronza medallar bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. «Napoli» Gonsalo Iguain xet-triki evaziga A seriya bilan muddatidan oldin xayrlashgan «Frozinone»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Yangi mavsumda «Yuventus», «Napoli» va «Roma» klublari YeChLda ishtirok etadi.

«Milan» 38-turdagi mag‘lubiyati tufayli oltilikka ham kira olmadi. «Sassuolo» esa ochkolari sonini «Fiorentina»niki bilan tenglashtirib olganiga qaramay, 6-o‘rinda mavsumni yakunladi. «Inter» 4-o‘rinni band etdi.

«Yuventus» — «Sampdoriya» 5:0
Gollar: Patris Evra, 5 (1:0). Paulo Dibala, 15-pen (2:0). Paulo Dibala, 37 (3:0). Jorjo Kellini, 77 (4:0). Leonardo Bonuchchi, 85 (5:0).
Chetlatish: Milan Shkrinyar, 14 (S).

«Milan» — «Roma» 1:3
Gollar: Muhammad Saloh, 19 (0:1). Stefan El-Shaaravi, 59 (0:2). Emerson, 82 (0:3). Karlos Bakka, 86 (1:3)
Ogohlantirishlar: Lokatelli, 21; Mekses, 54; Adriano, 56; Donnarumma, 61.

«Napoli» — «Frozinone» 4:0
Gollar: Marek Hamshik, 44 (1:0). Gonsalo Iguain, 52 (2:0). Gonsalo Iguain, 62 (3:0). Gonsalo Iguain, 71 (4:0).
Ogohlantirishlar: Jorjino, 33 — Krivello, 14.
Chetlatish: Mirko Gori, 13 (F).

«Sassuolo» — «Inter» 3:1
Gollar: Matteo Politano, 6 (1:0). Lorentso Pellegrini, 26 (2:0). Rodrigo Palasio, 31 (2:1). Matteo Politano, 39 (3:1).
Chetlatish: Jyeyson Murilo, 59 (I).

Top