Siemens kompaniyasi kichik ustaxonadan to transmilliy konserngacha uzoq yo‘l bosib o‘tganligi bilan mashhur. Bu har doim ham oson bo‘lmagan, o‘z vaqtida korxona tashkilotchilari ko‘p ayblovlar hamda boshqa qiyinchiliklarni boshdan kechirishgan.

Siemens'ning yaratilishi

1847 yilning kuzida Verner fon Simens va Iogann Georg Halske "Siemens & Halske" deb nomlangan firmaga asos solishadi. Bu Morze alifbosining ajoyib muqobilini taklif etgan elektrotelegraf korxona bo‘lgan. 

Dunyodagi ilk elektron lift va trolleybuslar

Varner elektrotexnika rivojiga qo‘shgan hissasi tufayli nom qozongan. IX asrning 80-yillarida u dunyodagi birinchi liftni yaratdi. Verner shuningdek trolleybus ixtirochisi hamdir. Kompaniyaning ikkinchi asoschisi Iogan Georg Halske nemis mexanigi bo‘lgan. Kompaniya ochilgunga qadar u Berlinda o‘z ustaxonasiga ega bo‘lgan. Halske elektrojihozlar qurilishi va loyihalashtirilishida faol qatnashgan. 1867 yilda u Simens bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani bois kompaniyani tark etadi va o‘zini shahar ma'muriyati ishlariga bag‘ishlaydi. 

Rossiyadagi telegraf tarmog‘i

1848 yilda Siemens Yevropada birinchi xalqaro telegraf tarmog‘ini barpo etadi. Ikki yildan so‘ng Vernerning kichik ukasi Karl Simens ingliz poytaxtida ushbu firma ishlarini yo‘lga qo‘yadi. 50-yillarda esa telegraf tarmog‘i Rossiyada ham qurildi. 
Kompaniya elektrostansiya va transport turlari uchun elektrotexnik uskunaga buyurtma oladi. 

Elektropoyezdlardan tortib to konslagerlardagi  lampochkalargacha

Simens kompaniyasi o‘z e'tiborini lampa va elektropoyezdlarga qaratib, o‘sish va rivojlanishda davom etdi. 1903 yilga kelib kompaniya Germaniya imperiyasida xodimlari soniga ko‘ra kattaligi bo‘yicha yettinchi o‘ringa chiqdi. Bir necha yil o‘tib lampochka ixtiro qilindi. 20- va 30-yillarda televizorlar, radiopriyomniklar va elektron mikroskoplarga navbat keldi. 

Ikkinchi jahon urushining so‘nggi yillarida Berlinning ko‘plab zavod va fabrikalari havodan hujumga uchraydi. Shu munosabat bilan kompaniya boshqa xavfsizroq joyga ko‘chib o‘tadi. Bu muhim tovarlarning uzluksiz ishlab chiqarilishini ta'minladi. 1944 yilning oxiri 1945 yilning boshlarida Simensning deyarli 400ta zavodi faoliyat ko‘rsatardi.