14:35 / 16.05.2016
11046

Farg‘ona soxta pul ishlab chiqaruvchilar qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Buvayda tumanidagi savdo shoxobchalaridan birida qalbaki pul bilan muomala qilayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aniqlanishicha, Uchko‘prik tumanida yashovchi M.Furqat va A.Davron do‘kondan yonilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilib, sotuvchiga yuz dona 5000 so‘mlik kupyuradagi pulni taqdim etgan. Ushbu pullar ekspertizadan o‘tkazilganida oddiy qog‘ozdan qo‘lbola usulda tayyorlangani ma'lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top