11:11 / 16.05.2016
3149

Xitoyda noqonuniy ravishda oltin qazib olish bilan shug‘ullangan 6 kishi ish jarayonida halok bo‘ldi

Pekin shahri tashqarisidagi oltin qazib olish shaxtalaridan birida noqonuniy ravishda ishlagan 6 kishi ish chog‘ida nobud bo‘ldi. Bu haqda Sina portaliga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

Fojia Pingu tumanida sodir bo‘lgan. Yana bir jarohatlangan konchi shifoxonaga yetkazilgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, olti kishi hibsga olingani to‘g‘risida ham ma'lumotlar bor.

Top