09:07 / 16.05.2016
3744

Londonda ikki qavatli avtobus do‘konga borib urildi

Londonning shimolida yo‘lovchilar olib ketayotgan ikki qavatli avtobus do‘konlardan birining peshoynasiga borib urildi. Bu haqda London tez yordam xizmati ma'lum qildi.  

Noxush voqea Xarlsden Xay-strit ko‘chasida yuz berdi. Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 kishi jarohat oldi, ulardan 2 nafari og‘ir jarohatlar olgan. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

YTHga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

Top