22:28 / 16.05.2016
3488

Mourino "Everton" bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Angliyaning "Everton" klubida ishlashga qiziqish bildirmadi, deb xabar bermoqda Sky Sports. "Irischalar" vakillari Mourino bilan muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan bog‘lanishdi, biroq portugaliyalik mutaxassis rad javobini berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Mourino hali ham "Manchester Yunayted"ni boshqarish ilinjida, biroq mankunianliklar hozircha unga shartnoma taklif qilishmadi. 

Avvalroq "Everton" joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklar sababli bosh murabbiyi Roberto Martinesni bo‘shatib yuborgandi. Jamoa APLda 11-o‘rin egalladi va Angliya kubogi yarimfinalidan chiqib ketdi.

Top