18:26 / 16.05.2016
2908

Nintendo o‘z videoo‘yinlari qahramonlari to‘g‘risida film suratga olishga qaror qildi

Yaponiyaning Nintendo Co. videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchisi kino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqida Yaponiyaning Asahi Shimbun gazetasi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2-3 yil ichida Nintendo o‘z videoo‘yinlari personajlari - "Super Mario"dagi Mario hamda "Zelda haqida afsonalar"dagi Link ishtirokida 3D-multfilm suratga olishi mumkin.

Tatsumi Kimisima tafsilotlarga oydinlik kiritmadi, ammo Nintendo to‘laqonli kino ishlab chiqarish uchun hamkor qidirayotgani va bir necha studiyalar bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. 

Nintendo matbuot kotibi Makoto Vakae The Wall Street Journal'ga ma'lum qilishicha, Nintendo o‘z personajlaridan foydalanishga litsenziya beribgina qolmay, moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi hamda kino ishlash jarayonida bevosita ishtirok etadi, hal qiluvchi qarorlarni chiqaradi.

Top