12:14 / 16.05.2016
2885

Pekinda Zika virusiga chalinish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi

Pekin sog‘liqni saqlash hamda rejali bola tug‘ish masalalari bo‘yicha qo‘mita Xitoy poytaxtida birinchi marta Zika virusi qayd etildi. Bu haqda Sinxua xabar qildi. 

Qo‘mita xabarida keltirilishicha, Shandun provinsiyasi, Yantay shahrida yashovchi 29 yoshli ayol Venesuelaga borib kelgan. 

11 may kuni ayolning harorati ko‘tarilgan va tanasida toshmalar paydo bo‘lgan. 13 may kuni u Pekinga uchib kelgan. Pekin aeroporti chegara nazorati xizmatida saninspeksiya xodimlari tomonidan unda Zika virusi alomatlari bor degan gumon bilan shifoxonaga yo‘naltirilgan. 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayol Zika virusiga chalingani tasdiqlandi. Hozir unin holati barqaror deb baholanmoqda.

Top