11:47 / 17.05.2016
9199

17 may: tarix sahnasida...

17 may— Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 137-kuni.
Bugun—xalqaro elektraloqa kuni.

Voqealar:

2006 yil. Saudiya Arabistoni hamda Kuvayt davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi" asrining arab tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
1996 yil. O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni  e'lon qilindi.
1718 yil. Ingliz ixtirochisi Jyeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyotga patent oldi.
1814 yil. Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
1928 yil. Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi.

Tavalludlar:

1749 yil. Ingliz xirurgi, chechak kasalligiga qarshi vaksinani yaratgan Eduard Jyenner,
1866 yil. Rus shoiri Nikolay Baxtin,
1900 yil. O‘zbekiston xalq rassomi Nikolay Karaxan,
1936 yil. Amerikalik aktyor va rejissyor Dennis Xopper, 
1973 yil. O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Uchqun Tillayev

Top