16:00 / 17.05.2016
3652

Bag‘dodda 2ta terakt tufayli 38 kishi halok bo‘lib, 70dan ortiq kishi jarohatlandi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida 2ta terakt yuz berishi tufayli 38 kishi halok bo‘lgan va 70dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Portlashlarning biri shahar shimolida, Ash-Shaab bozori hududida terrorchi xudkush orqali sodir etilgan. Birinchi portlash qurbonlari soni 23 nafarni tashkil qilgan.

Avtomobilga o‘rnatilgan ikkinchi portlovchi qurilma shahar janubida, Ar-Rashid tumanida ro‘y bergan va 15 kishi halok bo‘lgan.

Hozircha bu teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Iroqda IShID faoliyati tufayli xavfli vaziyat saqlanib qolmoqda. O‘tgan haftada mamlakat poytaxtida sodir etilgan teraktlar tufayli 94 kishi halok bo‘lib, 150 nafar atrofidagi kishi jarohatlangandi.

Top