07:00 / 17.05.2016
9761

Bloomberg: AQSh Saudiya Arabistoniga 120 mlrd dollar qarz

Saudiya Arabistoni AQSh moliya vazirligining g‘aznachilik obligatsiyalarida 116,8 mlrd dollar ushlab turadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda va AQSh hukumati 40 yilda ilk marotaba Saudiya Arabistoni oldidagi qarzi miqdorini oshkor etishga qaror qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Chop etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni amerika bondlarini ushlab turuvchi yetakchi o‘nta davlatdan biridir. AQSh kredit obligatsiyalarini ushlab turuvchi eng yirik davlat Xitoy (1,3 trln dollar) va Yaponiya (1,1 trln dollar) hisoblanadi.

Agentlikning ta'kidlashicha, chop etilgan ma'lumotlar javobdan ko‘ra ko‘proq savollar keltirib chiqarmoqda. Saudiya Arabistonining zaxiralari 587 mlrd dollarni tashkil qiladi. Davlatlar markaziy banklari amaliyoti quyidagicha: ular o‘z zaxiralarining uchdan ikki qismigachasini AQSh dollarida ushlab turadilar. Zaxiralarning qolgan qismi esa ofshorlarda joylashtiriladi. Agentlik bunga misol sifatida Belgiyani keltirmoqda: bu davlat 143 mlrd dollarrik zaxirasini AQSh davlat obligatsiyalarida ushlab turadi, bu orada AQSh davlat obligatsiyalarini saqlovchi rasmiy xitoyliklarning bir qismi buni Belgiya orqali amalga oshiradilar.

AQSh davlat qarzlarini saqlovchilar haqidagi ma'lumotlarni 1974 yildan beri chop etib keladi, biroq unda Saudiya Arabistoni bondlarni saqlovchi alohida davlat sifatida qaralmagandi. Saudiya Arabistoni doimo OPeK a'zolaridan biri sifatida qaralgan.

Top