14:19 / 17.05.2016
2887

BMT Liviyaga harbiy xizmatchilarni jo‘natish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda

BMT kotibiyati Liviyaga o‘z missiyasi himoyasi uchun harbiy xizmatchilarni jo‘natish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqida BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Xaq ma'lum qildi. 

"Hozirda biz turli variantlarni, shu jumladan qo‘riqlash bo‘limi imkoniyatlarni, yana bir bor ta'kidlayman - imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqdamiz. Bu bizning xodimlarimiz o‘z vazifalarini bajarishi uchun Tripolidagi BMTLHM obektlari xavfsizligini ta'minlashning bir yo‘lidir", - dedi Haq.

Qo‘riqlash bo‘limida necha kishi xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi savolga u "turli variantlar o‘rganib chiqilayotgani"ni ta'kidladi.

"Hozircha aniq bir qarorga kelganimiz yo‘q",- qo‘shimcha qildi u. 

Tripoliga BMT missiyasining qaytarilishi haqida bosh kotibning maxsus vakili Martin Kobler ma'lum qilgan edi. Haqning aytishicha, poytaxtda "kam sonli xalqaro xodimlar" faoliyat ko‘rsatmoqda. Dam olish kunlari ular mamlakatni tark etishadi.

15 may kuni Italiyaning Corriere della Sera gazetasi BMTning Liviyadagi missiyasi nepallik harbiy xizmatchilar tomonidan kuchaytirilishi haqida ma'lum qilgan. 

Nepal BMT missiyalari uchun askar yetkazib beruvchi asosiy mamlakat hisoblanadi. Mamlakat Butunjahon tashkiloti tasarrufiga 5000 nafargacha harbiy askar yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, BMT dunyoning turli qismlaridagi operatsiyalariga ushbu Osiyo davlatidan 4,4 ming zobit jalb qilingan.

Top