00:04 / 17.05.2016
4956

Chikagoda taniqli irlandiyalik qo‘shiqchi Shineyd O'Konnor yo‘qolib qoldi

Chikago huquq-tartibot muassasalari xodimlari irlandiyalik qo‘shiqchi va bastakor Shineyd O'Konnorni qidirishni boshlashganini ma'lum qilishdi.

Politsiyachilarning aytishicha, qo‘shiqchi 15 may kuni soat 06:00 atrofida Chikago yaqinidagi Uilmett degan joydan velosipedda sayrga chiqib ketgan va ayni paytgacha qaytib kelmagan.   

Politsiyaga qo‘shiqchining yo‘qolgani haqida xabar tushgan. Qo‘ng‘iroq qilgan odam uning sog‘-salomatligidan xavotir bildirgan. Guvohlarning aytishicha, qo‘shiqchi sayr uchun mo‘ljallangan kiyimda bo‘lmagan. Uning ustida qora kurtka, qora charm shim va sviter bo‘lgan.   

Shineyd O'Konnor 49 yoshda bo‘lib, uning mashhur bo‘lishiga ko‘p jihatdan Prinsning Nothing Compares 2 You qo‘shig‘i ko‘mak bergan.

Top