21:43 / 17.05.2016
19218

Milliy universitetga yangi rektor tayinlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga yangi rektor tayinlandi. Kun.uz saytining universitetdagi manbasi xabar qilishicha, yangi rahbar jamoaga 17 may kuni kechqurun tanishtirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, professor, f.m.f doktori Abdurahim Abdushukurov universitetning yangi rektoriga aylangan.

Shu vaqtgacha  matematika fakulteti dekani sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Abdushukurov yangi lavozimda 1 kun oldin Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga rektor tayinlangan Shuhrat Sirojiddinovning o‘rnini egalladi. Abdushukurov fakultet dekanligidan oldin o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor sifatida ishlagandi.

Yangi rektor Milliy universitetning O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 11 may kuni «O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori asosida qayta tashkil etilishi fonida tayinlandi.

12 may kuni universitetning 98 yilligi nishonlangandi.

Top