20:09 / 17.05.2016
24882

“Oyqiz ertagi” filmining yopiq taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 17 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan  suratga olingan “Oyqiz ertagi” nomli badiiy filmning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Film «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi talablarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida «Ertaklar olamida» ishchi nomi ostida 2014 yilda ishlab chiqarishga tushirilgan bo‘lib, unda qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan holda vatanni sevish, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan.

Filmni yaratishda ham zamonaviy texnologiyalar, kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. 

Film ssenariy muallifi – Muhammad Davlatilloh. Bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova ijro etgan. Bundan tashqari, Dilbar Ikromova, Feruza Sobitova, Xayrulla Sa'diyev kabi mahoratli aktyorlar noodatiy yo‘nalishdagi rollari bilan filmga fayz bag‘ishladi.

Top