09:34 / 17.05.2016
8793

"Transformerlar" filmi yangi qismining qanday nomlanishi ma'lum qilindi

AQShlik kinorejissyor va kinoprodyuser Maykl Bey Paramount kinokompaniyasi bilan birga "Transformerlar" filmining yangi – 5- qismining qanday nomlanishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Variety.

Beyning aytishicha, film "Transformerlar: so‘nggi ritsar" deb nomlandi.

Ta'kidlanishicha, flmning suratga olish ishlari 2016 yil 17 iyunda Detroytda boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq filmning asosiy suratga olish ishlari Kubada bo‘lib o‘tadi.

Filmda kinoaktyor Mark Uolberg bosh rol o‘ynashi rejalashtirilgan.  

Fevralda Paramount "Transformerlar"ning yangi qismlarining premeralari sanalarini e'lon qilgandi. Filmning 5-qismi ilk namoyishi 2017 yil 23 iyunga, 6-qisminiki 2018 yil 8 iyunga, 7-qismining premerasi esa 2019 yil 28 iyunga belgilangan.

Top