18:42 / 17.05.2016
4415

Jastin Biber hukumat qarori tufayli Argentinaga bora olmaydi

Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber Argentinaga borib o‘z konsertini o‘tkaza olmaydi. Bu haqida Aceshowbiz xabar qildi.

Biber o‘zining argentinalik muxlislaridan uzr so‘radi va "Argentina hukumati yo‘l qo‘ymasligi sabab" tur doirasida bu mamlakatga bora olmasligini bildirdi.

"Argentina aslida men ishtirok etgan eng sevimli joylarimdan biri. Men u yerda konsert berishni juda ham istardim", - deb yozadi qo‘shiqchi o‘z tvitterida.

U huquqiy shartlar o‘zgarmas ekan, Argentinada konsert berolmasligini ma'lum qilgan. Bundan avval Biber fanatlari bilan suratga tushmasligi haqida ma'lumot berilgan. 

Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, bunday paytlarda u o‘zini "hayvonot bog‘idagi jonivor"dek his qiladi.

"Bilaman, muxlislar bundan xafa bo‘lishadi, ammo men hech kimga surat qarz emasman", - ta'kidlaydi Biber. 

Qo‘shiqchining bildirishicha, uning musiqiy albomini sotib olayotgan odamlar aynan albom uchun pul to‘laydilar, u bilan tushgan surat uchun emas.

Top