21:36 / 18.05.2016
3940

Facebook foydalanuvchilarning fotosuratlarini emodzilarga aylantirishni rejalashtirmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarning profillaridagi fotosuratlari asosida emodzilarni yaratish uchun patentga ariza berdi, deb xabar beradi Quartz nashri.

Smayliklarni shaxsiylashtirish profildagi fotosuratni tahlil qilib, uni emodziga aylantiruvchi maxsus dastur orqali amalga oshiriladi. 

Agarda foydalanuvchi “:)” belgisini yozsa, dastur avtomatik tarzda uning kulib turgan fotosuratini qo‘yadi.

Patentda ko‘rsatilishicha, agarda yozishuv paytida standart emodzilar ishlatilganda, algoritm ularga to‘g‘ri keladigan hissiyotli fotosuratlar bilan almashtira oladi.

Qayd etilishicha, Facebook insonlar yuzini qo‘l mehnati zaruriyatisiz aniqlay olish uchun mashina mehnatidan foydalanmoqda.

Top