10:18 / 18.05.2016
9926

Qozog‘iston aholisi soni 17,7 milliondan oshdi

Qozog‘iston aholisining soni 2016 yilning 1 apreliga ko‘ra 17733,2 ming nafar kishini tashkil etdi, deya xabar beradi QR Milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qo‘mitasi.

"Qozog‘iston aholisining 57 foizi (10113,8 ming kishi) shaharda, 43 foizi esa (7619,4 ming kishi) qishloqda yashaydi. 2015 yil 1 apreliga nisbatan aholisi soni 1,47 foizga (257,1 ming kishi) ortgan", - deyiladi xabarda. 

RAGS organlari tomonidan taqdim etilgan fuqarolik holati aktlaridagi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar soni 99,4 mingni tashkil etdi (2015 yilning yanvar-mart oylarida esa 92,1 ming), bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 7,9 foizga ko‘p. 

Joriy yilning yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni 34,4 (2015 - 33,2) mingni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga ko‘p demakdir.

Respublika aholisining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi 2016 yil yanvar-mart oylariga ko‘ra, 6,1 ming kishiga (10,4 foizga) ko‘payib, 65,0 ming nafarni tashkil etdi. 

Muhojirlik politsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-mart oylarida respublikaga doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun kelganlar soni o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 26,7 foizga kamayib, 3053 kishini tashkil etdi. Mamlakatdan ketgan muhojirlar soni 20,3 foizga ko‘payib, 5434 nafar kishidan iborat bo‘ldi.  

Ko‘rib chiqilayotgan davr ichida mamlakatdan tashqariga ko‘chib ketayotgan kishilar soni o‘tgan yildagiga qaraganda 16,6 foizga kamayib, 97660 kishini tashkil etdi.

Top