12:00 / 18.05.2016
10936

Mutant-jo‘xorilar insoniyatni ochlikdan qutqarishi mumkin

AQShda joylashgan Kold Xarbor laboratoriyasi biologlari genetik mutatsiya yordamida jo‘xorilar hajmini 50 foizga kattartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Nature Genetics jurnali yozmoqda.

Tadqiqotchilar jo‘xorilarni o‘sishiga qarshilik qiluvchi gen mexanizmi borligini allaqachon aniqlashgan edi. Va nihoyat ular bugunga kelib fea3 genidagi bu “qarshilik”ni yo‘q etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Avvaliga bu gendagi mutatsiya jo‘xorilarni kattartirish o‘rniga ularni noma'lum shaklga solib, aksincha, kichraytirib qo‘ydi.

Ammo omadsizlik olimlarni to‘xtata olmadi: ular kuchsiz ko‘rinishdagi mutatsiyani “o‘chirib” qo‘yishga ahd qilishdi. Ana shundan so‘ng, jo‘xori sezilarli ravishda kattarib, uning hajmi 50 foizga oshdi.

Genetiklarning ta'kidlashicha, ularning kashfiyoti jo‘xorilar bilan cheklanib qolmaydi. Bu kabi tadqiqotlarni qishloq xo‘jaligining istalgan sohasida amalga oshirish mumkin.

Top