09:08 / 18.05.2016
4302

Nyu-Yorkda gaz portlashidan keyin kuchli yong‘in chiqdi

Nyu-Yorkda gaz portlashidan keyin kuchli yong‘in chiqdi, deb xabar bermoqda New York Daily News gazetasi.

Noxush voqea mahalliy vaqt bilan 17 mayda soat 18:42 da (Toshkent vaqti bilan 18 may soat 03:42 da) Garlem tumani sharqida boshlangan. Metro liniyasi tagida joylashgan omborlar hududida propan gazi bilan to‘ldirilgan ballonlar portlagan va kuchli yong‘in chiqqan. 

Yong‘in bilan kurashga 168 nafar o‘t o‘chiruvchi va 39 ta texnika birligi tashlangan. Metroning bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha poyezdlar qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha hech narsa ma'lum qilinmagan. Yong‘in voqea joyi yaqinida bo‘lgan o‘nlab avtomobillarga shikast yetkazgan.

Top