11:04 / 18.05.2016
5285

Peterburgdagi Navolochnaya bekatida O‘zbekiston fuqarosi poyezd urib ketishi tufayli vafot etdi

Sankt-Peterburg shahridagi temir yo‘l bekatidagi Navalochnaya bekatida O‘zbekiston fuqarosi poyezd urib ketishi natijasida halok bo‘lgan.

Shimoliy-g‘arbiy transport prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu hodisa 8 may kuni sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, bu hodisa ro‘y bergan vaqtda O‘zbekiston fuqarosi piyodalar yo‘lagida bo‘lmagan. U olingan og‘ir jarohatlardan keyin voqea joyida vafot etgan.

Shahar prokuraturasi hodisa bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Top