11:00 / 18.05.2016
3182

Suzuki Motor avtomobillarning tejamkorligini aniqlashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Suzuki Motor korporatsiyasi avtomobillarining yoqilg‘i xarajatini belgilashda qonun va joriy qoidalariga xilof ish qilgan. Kyodo axborot agentligining ma'lumotiga ko‘ra, kompaniya buni hukumat organlari oldida  rasman tan olmoqchi. 

Bundan avval Mitsubishi Motors korporatsiyasi avtomobillar iqtisodi haqidagi ma'lumotlarni soxtalashtirishda ayblangandi. Suzuki bunday ma'lumotlarni soxtalashtirmaganini ta'kidlamoqda. U tejamkorlik darajasini belgilashdagi qonunbuzarlik yoqilg‘i xarajatiga doir ma'lumotlarni soxtalashtirishga olib kelmaganiga oydinlik kiritmoqchi. Bunda avtomobillarning aniq bir rusumi haqida ma'lumot berilmagan. 

Mitsubishi Motors mojarosidan so‘ng Yaponiya hukumati shu sohadagi boshqa barcha kompaniyalarga o‘z modellari iqtisodini qanday belgilashlari to‘g‘risida ma'lumot yetkazishni talab qildi. Suzuki Motor - Yaponiyada yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi korporatsiya. Bu toifada yoqilg‘i iste'moli ko‘rsatkichini kamaytirishga kuchli raqobat ketmoqda. Suzuki Motor boshqa davlatlarda ham faol ish olib bormoqda - masalan, Hindistonda bu kompaniya avtomobil bozorining 40 foizini nazorat qiladi. Shu bilan birga u kemalar uchun motorlar hamda mototsikllar ishlab chiqaradi. Suzuki Motor korporatsiyasida jami 60 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi. 2015 moliyaviy yilda  uning sotuv hajmi 3 trillion iyen - taxminan 27,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Top