11:33 / 18.05.2016
23980

Toshkent shahrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining XV Anjumani bo‘lib o‘tdi

Hayotimizning eng beg‘ubor, eng pokiza ne'mati borki, bu ham bo‘lsa, farzandlarimizdir. Kelajagimiz ertasi ham aynan shu bolajonlarimiz qo‘lida.   Bolalikdek beg‘ubor, dunyoni go‘zal va totli anglovchi lahzalarni har birimiz orziqish bilan sog‘inamiz, orzu-havaslar qanotida dardu alamlardan yiroq kezlarimiz ko‘nglimizga iliq xotiralarni uzatib turadi va bolajonlarga jamiki shodliklarni hadya etmoq kerakligini tushunamiz.

Bolalarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, mustaqilligimiz va tinchligimizga rahna soluvchi harakatlarga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda hamda milliy qadriyat va urf-odatlarni yosh avlod ongiga singdirish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish, qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, sportga jalb qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 apreldagi “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlarining XV respublika anjumanini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 69-sonli majlis bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi va Xalq ta'limi bosh boshqarmasi hamkorlikda joriy yilning 16 may kuni “Turkiston” san'at saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining 
XV Anjumani tashkil etildi.

Anjumanni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad Harakat qoshidagi  “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish, tashkilot sardorlarining bilim-ko‘nikmasini oshirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash, umumta'lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining ish faoliyatini takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlarning ijodiy, ilmiy qiziqishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini yanada oshirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida mustahkam do‘stlik aloqalarini o‘rnatish orqali ularni Vatan ravnaqi yo‘lida birlashtirishdan iborat.

Bugungi kunga qadar, Harakatning tuman Kengashlari tomonidan “Kamalak” bolalar tashkilotining XV Anjumanlari tashkil etilgan bo‘lib, bunda 3572 nafar yoshlar qamrab olingan. “Turkiston” saroyidagi mazkur tadbir anjumanlarning Toshkent shahri bo‘yicha yakuniy qismi sifatida o‘tkazilmoqda.

Hozirda “Kamolot” YoIH Toshkent shahar Kengashi homiyligidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti o‘z atrofida 136000dan nafardan ortiq yoshlarni birlashtirib, shulardan 33000dan ziyod yoshlar harakat tizimida sardorlik faoliyatini yuritib kelmoqda.

Anjumanda Toshkent shahridagi barcha umumta'lim maktab rahbarlari va ma'naviyat va marifit ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, “Kamolot” va “Kamalak” sardorlari,  tuman sardorlar Kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va xalqparvarlik uchun!” shiori ostidagi an'anaviy XV Anjumanda “Huquqiy savodxonlik” yo‘nalishi sardori-2016”, “Ma'naviyat va ma'rifat”yo‘nalishi sardori-2016”, “Iqtidorli yoshlar” yo‘nalishi sardori-2016, “Sport,salomatlik va ekologiya” yo‘nalishi sardori-2016”, “Mehr-sahovat” yo‘nalishi sardori-2016”, “Matbuot” yo‘nalishi sardori-2016”, “Kamalak sardori-2016”, “Kamolot” sardori-2016”, “Eng namunali tuman Sardorlar Kengashi-2016”, “Eng namunali umumiy o‘rta ta'lim maktabi boshlang‘ich tashkiloti-2016” hamda “Eng namunali tuman “Kamalak”bolalar tashkiloti-2016” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashning diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Top