17:14 / 19.05.2016
8840

Xitoyda "haqiqiy kung-fu panda" topildi

Daily Mail nashrining xabar berishicha, Xitoyning janubi-g‘arbida "haqiqiy  kung-fu panda" topildi. 

Bifengxia Giant Panda Base markazida yashovchi pandalardan biri bambukli shlyapani boshiga qo‘ndirib oldi va ko‘pchilikka DreamWorks kompaniyasining "Kung-fu Panda" animatsion filmi bosh qahramonini eslatib yubordi. 

Boshqa kichik panda esa yelkasiga savat osib olgan. 

"Aftidan pandalar baxt olamida yashashadi. Endi faqat ularning katta bo‘lishini poylash qoldi, ular ham multfilm qahramoni Panda Po kabi do‘mboq bo‘lib voyaga yetisharmikan?", - deb yoziladi gazeta xabarida.

Top