19 mayga o‘tar kechasi Moskva shahri sharqidagi kredit banklaridan biriga bostirib kirib, bank xodimlarini garovga olgan va katta miqdordagi pul talab qilgan shaxs bartaraf etilgan.
Moskva kredit bankining Pervomayskaya ko‘chasi, 5-uyda joylashgan bo‘limida jinoyatchi bankni portlatish bilan tahdid qilganidan keyin bankni qamal qilish boshlangan va amaliyot chog‘ida maxsus kuchlar vakillari jinoyatchini otib o‘ldirishgan.
Undan oldinroq, garovga olingan 6 kishi ozod qilingandi.
Ria Novosti nashrining ma'lum qilishicha, u muzokaralar vaqtida 4,7 mln rubl va 13 ming yevro talab qilgandi. U sharti bajarilmasa, portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytgani tufayli uni yo‘q qilishga to‘g‘ri kelgan.










