Samarqandlik 8 yoşli Isfandiyor Mahmudov yoş musiqaçilarning Ispaniyada bölib ötgan "Sea Sun festival" xalqaro tanlovida birinçi örinni egalladi. Bu haqda Samarkandskiy Vestnik xabar qildi.
"Festivalda dunyoning 13 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yoş musiqaçilar öz mahoratlarini namoyiş etdi. Eng yoş iştirokçi sifatida Isfandiyor qölga kiritgan uşbu yutuq nafaqat biz, balki u tahsil olayotgan 23-umumta'lim maktabi jamoasi, ota-onasi, tengdoşlari köngliga faxr-iftixor tuyğularini singdirdi", deydi Bulunğur tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Şerbek Yormatov.
Ifandiyorning gitarada ijro qilgan – dunyoning maşhur kompozitorlari tomonidan bastalangan "Vals", "Blyuz" musiqiy asarlari tomoşabinlar olqişiga, jahon musiqa san'ati namoyandalari e'tirofiga sazovor bölgan.












