20:50 / 19.05.2016
4183

Toshkentda O‘zbekiston revmatologlarining I s'yezdi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston revmatologlarining I s'yezdi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika revmatologiya markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, shifokorlar, xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.


Revmatologiya xizmatining asosiy vazifasi kasallikni barvaqt aniqlash va davolash bo‘yicha samarali usullar ishlab chiqishdir. Shu maqsadda olim va mutaxassislar mamlakatimizdagi birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalari shifokorlari orasida tibbiyot yangiliklarini keng yoyish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mahorat mashg‘ulotlari, seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda.  

Tadbirda revmatologiya sohasida mamlakatimizda va jahonda  erishilayotgan yutuqlar, diagnostika, tashxis qo‘yish, davolashning zamonaviy usullari, yangi dori vositalari, tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etishning ahamiyati haqida ma'ruzalar tinglandi. Sohada qo‘llanilayotgan yangi tibbiy texnologiyalar va dori vositalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Top