10:27 / 20.05.2016
4003

Beastie Boys asoschilaridan biri vafot etdi

Beastie Boys xip-xop guruhi a'zosi Jon Berri Massachusetsda 53 yoshida surunkali kasallik oqibatida vafot etdi. 

Berri avvaliga “Yosh Aborigenlar” (“The Young Aborigines”)  a'zosi bo‘lib, keyinchalik Beastie Boys guruhiga asoschilaridan biri bo‘ldi. 

Gitarachi Polly WOG Stew plastinkasini yozishda ishtirok etib, 1982 yilda guruhni tark etgan. 

Beastie Boys guruhi o‘z tarkibida uch musiqachi: Maykl Daymond (Mike D), Adam Xarovits (Ad-Rock) va Adam Yaux (2012 yilda vafot etgan) olgan.

Top