14:52 / 20.05.2016
3234

Yevropa Ittifoqi KXDRga nisbatan qo‘shimcha saksiyalar kiritdi

Yevropa Ittifoqi KXDRga nisbatan sanksiyalar miqdorini kengaytirdi. Bu haqda YeI kengashi rasmiy portalida axborot berilgan.
Qora ro‘yxatda Shimoliy Koreyaning 18 nafar fuqarosi kiritilgan. Bularga ommaviy qirg‘in qurollari, xususan, yadro va ballistik raketalari ishlab chiqarishga ruxsat bergan yuqori lavozimli harbiylar kiradi. Bundan tashqari, sanksiya ro‘yxatiga KXDRda yadro qurolli ishlab chiqarishga asoslangan harbiy sohaga asoslangan kompaniya ham kiritilgan.

Bundan kelib chiqadiki, ayni vaqtda, Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyaga kiritilgan kompaniyalar soni 42 taga, shaxslar soni 66 nafarga yetdi. Ular Yevropa Ittifoqi hududida harakatlanishi va shu hududdagi banklarda hisob-raqam saqlashi taqiqlanadi.

Top