06:19 / 20.05.2016
5148

Makka shahrida yangi kuzatuv markazi ochilishi rejalashtirilmoqda

Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan Makka ahli hamda ziyoratchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangi kuzatuv markazi ochilishi rejalashtirilmoqda. 

Ushbu markazda 1600 ga yaqin ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislar faoliyat olib boradilar. 

Ular 18 mingdan ortiq videokuzatuvlarni nazorat qilish bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek, turli favqulodda vaziyatlarni hal etish uchun tezkor 911 raqamli qo‘ng‘iroq ham joriy etiladi, deb xabar bermoqda Muslim.uz portali.

Top